Moskva viloyatida yo‘nalishli avtobus ishtirokida ro‘y bergan YTH qurbonlari soni olti kishini tashkil etdi. Yana 15 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, 15 kishi jarohat oldi”, — ma’lum qildi viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakili Tatyana Petrova.
Avtobusda jami 39 kishi ketayotgan edi.
Izoh (0)