Davlat tili markazi Latviyaning Daugavpils shahri meri Rixard Eygimsni jarimaga tortdi, bunga uning davlat tilini qonunda ko‘zda tutilgani kabi oliy darajaning 2-boqichiga muvofiq ravishda qo‘llamagani sababchi bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Eygims jarima to‘lashi va yarim yil ichida til malakalarini takomillashtirishi kerak.
Ta’kidlanishicha, davlat tili markaziga Daugavpils merining davlat tilini bilish darajasini tekshirib ko‘rish so‘ralgan to‘rtta ariza kelib tushgan.
Izoh (0)