Tergovchilar taxmin qilishicha, Las-Vegasdagi musiqa festivalida 58 kishini otib tashlagan 64 yoshli Stiven Peddok boshqa hujumlarni ham rejalashtirgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru” AP’ga tayanib.
Xususan, shu yilning avgustida erkak Chikagodagi mehmonxonaga joylashgan, uning xonasi derazalari Lollapalooza musiqa festivali sahnasiga qaragan, sentabr oxirida esa Las-Vegasdagi tumanlardan birida mehmonxonaga joylashgan, xonasidan boshqa bir festival sahnasi ko‘rinib turgan.
Manba agentlikka ma’lum qilishicha, tergovchilar Peddok avtomobilni portlatib yuborish niyatida bo‘lganini gumon qilmoqda. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)