O‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir.

Foto: MyDay

“Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda uchta yirik — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi.

Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzeylari fondida xalq tarixi bilan bog‘liq 2,4 milliondan ziyod nodir eskponatlar saqlanmoqda.