Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 369 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi milliy koordinatori Luis Felipe Puente ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Jami 369 kishi halok bo‘ldi: Mexiko shahrida — 228, Morelos shtatida — 74, Pueblada — 45, Mexiko shtatida — 15, Gerreroda — 6 va Oaxakada — 1 kishi”, — deb yozadi Luis Felipe Puente o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Shu bilan bigra, Mexikodagi Alvaro Obregon ko‘chasida vayron bo‘lgan №286 uyda qutqaruv-qidiruv ishlari nihoyasiga yetdi. Shahar hukumatining tabiiy ofat bo‘yicha halok bo‘lganlarning yaqinlari bilan aloqani ta’minlovchi vakili Valentin Onyarte 4-oktabr, chorshanba kuni ushbu uy vayronalari ostidan so‘nggi qurbonning jasadi chiqarib olinganini ma’lum qildi. Ushbu manzilda halok bo‘lganlarning umumiy soni 49 kishiga yetdi, yana 30 ga yaqin odam vayronalar ostidan qutqarib olingan.
Mavzuga doir: Meksikada zilziladan oqibatida yetkazilgan zarar 2 milliard dollarga baholandi
Izoh (0)