Toshkentda 2-oktabr kuni taniqli jurnalist Galina Chebakova halok bo‘ldi. “MyTashkent.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, 79 yoshli ayolni avtomobil urib ketdi.

Foto: “MyTashkent.uz”

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda taniqli jurnalist uyi yaqinidagi hududda itini aylantirib yurgan bo‘lgan.

YTHning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Jurnalistning dafn marosimi 3-oktabrga belgilangan.

Galina Chebakova uzoq yillar davomida “Tashkentskaya pravda” gazetasida mas’ul kotib sifatida ishlagan. Keyinchalik, “Biznes-vestnik Vostoka”, “Klass”, “Tasvir” nashrlariga rahbarlik qilgan.