Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi Shvetsiyaning Telia shirkati bilan O‘zbekistonda Ucell savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi Coscom mobil aloqa operatorini sotib olish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda, nomlari oshkor etilmagan ikki manbaga asoslanib, CNews xabar bermoqda.
Telia vakili Ralf Bagner, CNews murojaatiga javoban, kompaniya Coscom’ning kelajagiga oid mish-mishlarga izoh bermasligini ma’lum qildi. USM Holdings’ning matbuot xizmati esa CNews’ning so‘roviga javob bermagan.
Qayd etish joiz, USM Holdings Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — “Megafon”ning nazorat qiluvchi aksiyadorlaridan biridir; Telia ham mazkur operator egalaridan biri sanaladi.
Telia 2015-yil oxirida “Yevrosiyo” makrohududidagi o‘z aktivlarini sotishini e’lon qilgan edi. Bu makrohudud MDHdan tashqari Gruziya va Nepalni ham o‘z ichiga olgan. Hozirga qadar Nepal va Tojikistondagi aktivlar sotib bo‘lingan.
Izoh (0)