Meksika shimoli-sharqida joylashgan Tampiko shahrida yomg‘ir tomchilari bilan birga baliq ham yog‘di. Bu haqda Tamaulipas shtati fuqaro mudofaasi boshqarmasiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Qiziq. Tampikoda yomg‘ir bilan birga mayda baliqlar ham yog‘di”, — deyiladi xabarda.
Odatda bunday hodisalar kuchli po‘rtanadan so‘ng yuz beradi. Avvalroq, Meksikaning g‘arbiy sohillarida shamol tezligi soatiga 72 kilometrga yetgan Pilar tropik po‘rtanasi kuzatilgan edi.
Izoh (0)