AQSh o‘zining strategik qurollarini Koreya yarim orolida rotatsiya asosida joylashtirishni boshlaydi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining maslahatchisi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Joylashtirish shu yil oxirida boshlanadi. Bu mudofaa imkoniyatlarimizni kengaytirishga yordam beradi”, — dedi mansabdor.
Oldinroq Janubiy Koreya rahbariyati KXDRning navbatdagi yadro sinovlaridan so‘ng mamlakatda AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishini muqarrar chora deb atagandi.
Izoh (0)