Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan qolib kelayotgan uch bellashuv kecha — 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. “Nasaf”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ikkitadan ortiq futbolchisini bergani uchun, 19-tur bellashuvlarini qoldirishni so‘rab murojaat qilgandi.
Chempionlik poygasida ishtirok etayotgan mazkur klublarning barchasi kecha 3 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda “Nasaf” Igor Shkvirin murabbiylik qilayotgan jamoani safardan yirik hisobda yengishga muvaffaq bo‘ldi.
“Olmaliq” esa mavsumdagi ilk uy mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Viktor Kumikov shogirdlari “Lokomotiv”ga qarshi Toshkentda kechgan ilk o‘yinda 0:5 hisobida yengilgandi. Bu safar natija biroz yaxshilandi — 1:3.
Va nihoyat Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” Muborakning “Mash’al” klubini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar 2-davra startidan buyon hech qaysi o‘yinda imkoniyatni boy bermagan, so‘nggi turni Qo‘qonda o‘tkazib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 19-tur bellashuvlari 26-sentabr, seshanba
Izoh (0)