2016-yilda Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi, 1964-yilda tug‘ilgan Nafisa Shomahmudova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan 7 700 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
Nafisa Shomahmudova Andijon vilyoatida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan Gulbahor Nosirovaning ishonchiga kirib, unga Ohangarondan uy olib berishni va’da qilgan holda 7 700 AQSh dollar miqdoridagi pulini olgan va qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan Nafisa Shomahmudova nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh (0)