Chempionlar Ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turi Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” uchun omadli keldi.
Dastlabki turni Gollandiyada o‘tkazib, 4:0 hisobida zafar quchgan “shaharliklar”, endi Ukrainaning “Shaxtyor” klubini taslim qildi — 3:0. Mazkur bellashuv yirik ko‘rinish olishi mumkin edi, agar Serxio Aguero penaltidan aniq foydalana olganida.
Italiya A seriyasida dahshatli start olgan “Napoli” Chempionlar Ligasining ilk turida “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy bergandi. Bu safar klub Gollandiya vakilini taslim qilishga erishdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi. “F” guruhi. 2-tur 26-sentabr, seshanba
Izoh (0)