O‘z vaqtida O‘zbekistonning birinchi raketkasi bo‘lgan Iroda To‘laganova katta tennisga qaytdi, deb yozdi “Olamsport”.
Sportchi poytaxt mezbonlik qilayotgan Tashkent Open turnirining juftlik bellashuvlarida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Bunda Irodaga chexiyalik Kristina Plishkova sherik bo‘ldi. Ular birgalikda Xromochyova hamda Soylu juftliga qarshi kortga chiqib, 2:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy bergan. Bellashuv roppa-rosa 1 soat davom etgan.
Iroda To‘laganova 1982-yil Toshkentda tug‘ilgan. Karyerasi davomida 3 bor WTA va 3 bor ITF turnirlarida zafar quchgan. 2002-yil sportchi WTA reytingida 16-o‘ringa ko‘tarilib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.
To‘laganova katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi barcha musobaqalarda ishtirok etgan. Bu borada u Britaniya mezbonligidagi Uimbildonga ikki bor safar etgan.
Izoh (0)