Dubayda Germaniyaning Volocopter kompaniyasi tomonidan yaratilgan uchuvchisiz uchar taksining ilk sinov parvozlari o‘tkazildi, deb yozadi TJournal. Konsept ikki o‘rinli katta kopter yoki 18 ta vintli vertolyot ko‘rinishiga ega.
Uchuvchisiz taksi masofadan boshqarilmaydigan 30 daqiqalik parvoz uchun mo‘ljallangan. Favqulodda holatlar uchun unda zaxira akkumulyatorlar, vintlar va ikkita parashyut ko‘zda tutilgan. Sinov parvozi chog‘ida u qariyb 200 metr masofani bosib o‘tib, havoda 5 daqiqadan ko‘proq vaqt turdi.
Ishlab chiquvchilar g‘oyasiga ko‘ra, kopterni smartfondagi dastur orqali, yo‘nalishning boshlang‘ich va yakuniy nuqtasini ko‘rsatgan holda buyurtirish mumkin bo‘ladi.
Sinovlarda Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad ishtirok etdi. U kopter konseptini ko‘zdan kechirdi va uning ichida o‘tirib ko‘rdi.
Izoh (0)