Eron rasmiylari Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda The Daily Star xabar bermoqda.
Tehron prokurori Abbos Ja’fariy Davlatobodiy messenjerdan IShID jangarilari foydalanishini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, u messenjer narkotik tarqatuvchilar orasida mashhurligidan xavotir bildirdi.
Nashrga ko‘ra, Durov Eron hududida istiqomat qilmaydi, shu bois Eron rasmiylari uni qanday qilib javobgarlikka tortishi tushunarsiz.
Durovning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali bu faktdan hayratdaligini bildirdi. Uning fikricha, Eron hukumatining dushmanlik kayfiyati boshqa sababga ega.
Durov Telegram jamoasi har kuni ekstremistik kontentga ega minglab kanallarni bloklashini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)