Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 1 ta oltin medali tortib olindi. Bu haqda “Olamsport” nashri ma’lumot berdi.
100 kilogrammdan ortiqroq bo‘lgan sambochilar musobaqasida o‘zbekistonlik Olim Xudoyqulov oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Finalda u turkmanistonlik Zafar Madaminovga qarshi gilamga chiqqan bo‘lib, kurash 5:5 hisobida yakunlangan, Olim Xudoyqulov faolligi evaziga g‘olib deb topilgandi.
Keyinroq musobaqa rasmiy saytida vaziyat o‘zgartirib qo‘yildi. Unda oltin finalda jang qilgan mezbon sportchi Zafar Madaminovga yozilgandi.
Ayni vaqtda Turkmaniston delegatsiyasi 85 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallab turibdi. Xitoyda 35 ta, Eronda 26 ta oltin bor. 23 ta oltini bor O‘zbekiston hozircha 4-o‘rindan joy olgan.
Izoh (0)