Rossiya tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, mudofaa vazirligi, adliya vazirligi, shuningdek, “Sberbank” kabi vazirlik va davlat kompaniyalari matbuot xizmatlari o‘z rahbarlari uchun Telegram’dagi jamoatchilik-siyosiy kanallar obzorini ham kiritadi. Bu haqda “Vedomosti” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Nashrga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, Telegram-kanallar Vladimir Putin uchun ham monitoring qilinadi. “Vedomosti”ning Kreml ichki siyosiy blokidagi manbasi ta’kidlashicha, ularda keltirilgan axborot tekshirilmagan yoki ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishi yuzasidan ham kuzatiladi.
Nashr suhbatdoshlarining ko‘pchiligi taxmin qilishicha, aslida Telegram-kanallar Kreml ichki siyosiy blokining “o‘yinchog‘i” bo‘lib, uning yordamida manfaatlarning muayyan guruhiga signal yetkazish mumkin.
Izoh (0)