“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning 25-sentabr kuni “Nyu-York — Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilishi lozim bo‘lgan reysi kechiktirildi.
Aviakompaniya matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgan.
“Nyu-Yorkdan uchib ketish 25-sentyabr kuni Nyu-York vaqti bilan 15:00 ga belgilandi. Agar reysning uchib ketish vaqti o‘zgaradigan bo‘lsa, aviakompaniya bu haqida qo‘shimcha axborot beradi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” yuz bergan hodisa yuzasidan “yana bir bor uzr so‘radi”.
“Kommersant.uz”ning yozishicha, 5-sentabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Bangkok—Toshkent” yo‘nalishidagi reysi havo kemasining nosozligi sabab kechiktirilgan edi.
Xabar berishlaricha, mazkur reys yo‘lovchilari Bangkokdan uchib ketishni bir necha kun kutishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)