Iroq Kurdistoni mustaqillik to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng Iroq armiyasi tomonidan harbiy harakatlar boshlanishini kutmayapti. Bu haqda avtonomiya rahbari Ma’sud Barzoniy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz harbiy mojaro haqida umuman o‘ylamayapmiz. Tajovuzni qaytarishga tayyormiz, biroq Iroq armiyasining emas. Peshmerga va armiya o‘rtasida muvofiqlashtiruv bor, shu sababli Iroq armiyasi bilan to‘qnashuv xayolimizga ham kelmadi”, — dedi kurdlar yetakchisi.
Oldinroq Barzoniy kuchli bosimga qaramay, mustaqillik to‘g‘risidagi referendum belgilangan vaqt — 25-sentabrda o‘tkazilishini bildirgandi
Izoh (0)