Ashxobodda davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston termasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
15 ta imkoniyatdan 10 tasida o‘zbekistonlik kurashchilar medalga ega bo‘ldi. Shularning 9 tasi oltin va 1 tasi bronza.
Mezbon Turkmaniston termasi o‘zbek milliy kurashida o‘zbekistonliklarning yaqiniga ham kelmadi va 2 ta oltin bilan cheklandi.Qayd etish kerak, delegatsiyalarning umumiy ko‘rsatkichini hisoblaganda, O‘zbekiston termasi ham Turkmanistonning yaqiniga kela olmayapti.
Izoh (0)