• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nega ta’lim muammolari maktabgacha boshlanadi?

    Maqola muallifi — tilshunos olim, turkiy tillar tadqiqotchisi Eldar Asanov ikki o‘g‘ilning otasi hamdir. Nafaqat o‘z farzandlari, balki Vatan kelajagiga ham befarq bo‘lmagan fuqaro sifatida u maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish vaqti yetib kelgan, deb hisoblaydi.

    Qo‘limda Toshkent aholisi haqidagi 2013-yil yanvariga oid aniq demografik ma’lumotlar mavjud. O‘ylaymanki, undan keyin o‘tgan salkam besh yillik davr ichida jiddiy demografik siljishlar ro‘y bermagan.

    Demak, 2013-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Toshkent shahri aholisi 2,340 million kishini tashkil etgan. 2015-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,371 million kishiga yetdi. Aholining 63 foizi o‘zbeklar, 20 foizi ruslar, 4,5 foizi tatarlar, 2,2 foizi koreyslardan iborat.

    Chilonzor tumani aholisi 2013-yili 228 ming kishini tashkil etgan; bu tumanda Qashqadaryo, Samarqand kabi markaziy va g‘arbiy viloyatlardan tashrif buyurgan vaqtinchalik aholi hisobidan, birinchidan, aholi soni rasmiy statistikadagidan bir qadar ko‘proq, ikkinchidan, etnik o‘zbeklar soni ham shahardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan balandroq.

    Oxirgi bir-bir yarim hafta mobaynida vaziyat taqozosi bilan Chilonzor tumanidagi 20 dan ortiq xususiy o‘quv markazlarida bo‘ldim. Ularning juda katta qismida, abituriyentlarni tayyorlash kurslari, til kurslari, qizlar uchun hunar kurslaridan tashqari, bolalarga maktabgacha ta’lim berish kurslari (“pochemuchka”) bor ekan. Bundan tashqari, faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishga ixtisoslashgan xususiy maktab va o‘quv markazlarida bo‘ldim.

    Tashriflarim natijasida qiziq bir narsaga guvoh bo‘ldim: tuman aholisining taxminan 70–80 foizi etnik o‘zbeklar bo‘lgan holda, kuzatishlarimga qaraganda, maktabgacha ta’lim markazlariga qatnovchi bolalarning 80 foizi etnik rus, koreys, tatar, shuningdek, rusiyzabon o‘zbek oilalari vakillaridir. Ya’ni, maktabgacha ta’lim masalasida teskari statistikani kuzatamiz.

    Umuman olganda, tumanning aynan rusiyzabon aholisi 4–6 yoshdagi bolalarini o‘qitib, maktabga alohida tayyorlashga moyilligini ko‘rdim. Balki adashgandirman, lekin joriy kuzatishlarimdan shunaqa tasavvur hosil bo‘ldi. Etnik tafovutlarga ishonmaganim bois bunaqa statistikadan o‘zim ham hayron qoldim. Chuqur tahlilga kirishmagan holda hozircha bu o‘zbek oilalarining xususiy o‘quv markazlariga ishonmasligi yoki bo‘lmasa moliyaviy ahvoli bilan tushuntirilsa kerak, deb o‘ylamoqdaman.

    O‘zbek oilalari esa farzandlarini ko‘proq davlat MTMlariga (maktabgacha ta’lim muassasalari, ya’ni bolalar bog‘chalariga) ishonib topshiradi. Rasmiy talabga muvofiq, bog‘chada ham bolalarga o‘qish-yozish, chizish, matematika asoslari, shuningdek, rus va ingliz tilidan nimadir o‘rgatilishi kerak. O‘tgan yili o‘nga yaqin bog‘chada bo‘lib, ularning katta qismi, afsuski, amalda bu talabga javob bermasligiga guvoh bo‘lgan edim.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Narxlarga kelsak. Davlat bog‘chalarida bola haftasiga besh kun, kuni bilan bo‘ladi. Buning evaziga davlatga 110–120 ming so‘m to‘lanadi. Xususiy o‘quv markazlari haftasiga ikki kun, odatda shanba va yakshanba kunlari bolalarni qabul qiladi va ular bilan jami 3–6 soat shug‘ullanadi. Buning evaziga qilinadigan to‘lov — 120–200 ming so‘m.

    O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, moddiy nuqtai nazardan davlat bog‘chalari aholi uchun manfaatli, lekin o‘z xarajatlarini ko‘tara olmaydi, bu xodimlarning moddiy ta’minotiga, bolalarning oziq-ovqati, o‘yinchoqlari va boshqa narsalarning sifatiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Foyda keltirmaydigan muassasada xizmat sifati ham tushib ketaveradi. Lekin aholining katta qismi baribir farzandlarini bog‘chaga ishonib topshiradi — birinchidan, hamma ham haftasiga 3–6 soat o‘tkazilgan mashg‘ulot uchun 200 ming so‘m to‘lashni xohlamaydi yoki moddiy imkoniyati yetmaydi, ikkinchidan, hamma oilada ham ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha yosh bolalarga qarab turadigan odam topilmaydi.

    Xullas, bolalar bog‘chalari — sotsializm davrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan, ammo zamona zayli bilan davlat budjeti uchun ortiqcha, samarasiz institutga aylanib qoldi. Uni jiddiy tarzda isloh qilish yoki hech bo‘lmasa sohani butunlay xususiylashtirish, yana qanaqadir boshqa yechimlarni o‘ylash kerak, nazarimda. Axir 4–6 yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim va tarbiya maktabdagi ta’lim va tarbiyaning ahvoliga, u esa, o‘z navbatida, voyaga yetgan fuqaroning kelajak hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.

    24.09.2017, 19:29   Izoh (0)   57631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.