KXDR TIV rahbari Li Yon Xo Shimoliy Koreyaning yadroviy qurollanishdan asosiy maqsadi AQSh bilan kuchlar muvozanatiga erishish ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, yadro kuchlari AQSh tomonidan yadro tahdidiga yakun yasash va ularning harbiy aralashuvi oldini olish uchun harbiy to‘xtatib turish elementidir.
“Qit’alararo ballistik raketalarni jihozlash uchun vodorod bomba sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Bu yadro davlati maqomiga erishish maqsadiga yo‘naltirilgan tadbirlarimizning bir qismidir. Bu bilan biz yadro quroliga egalik qilishning yakuniy bosqichiga kirishdik”, — deydi Shimoliy Koreya TIV rahbari.
Izoh (0)