Bozor va do‘konlarda mahsulotlar ba’zida odatdagi narxdan ancha arzon sotilayotganiga ko‘pchilik guvoh bo‘lgan. Aksariyat hollarda buning sababi bitta — sotilayotgan mahsulot asl emas…
Ko‘pchilik bunday qalbaki mahsulotlari faqatgina Xitoydan olib kelinadi deb o‘ylaydi, ammo mashhur brendlar, tovar belgilari va dizaynni ko‘chirish, qalbakilashtirish holatlari O‘zbekiston bozorlarida ham har qadamda uchrab kelmoqda. Misol uchun, “O‘rikzor” bozoridagi ahvol:
Buning ustiga ba’zi bir “tadbirkor”lar dori-darmonlarni ham qalbakilashtirish orqali pul ishlashga kirishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzular bir necha marotaba ko‘tarilganiga guvoh bo‘lganmiz.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish o‘rniga, butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham birovlarning mehnati orqasidan yaratilgan mahsulotning ko‘rinishini va nomlanishini ko‘chirib foyda ko‘rishni ko‘zlagan qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkor”lar yo‘q emas.
Albatta, joylardagi prokuratura, ichki ishlar, soliq idoralari xodimlari bu noqonuniy ish bilan shug‘ullanyotganlarni aniqlab, qilmishiga yarasha jazoga tortmoqda.
Bunday illatni butunlay tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun iste’molchilarga xarid qilayotgan mahsulotining sifatini va haqiqiyligini aniqlashning oson yo‘li yaratilib berilsa, qalbaki va sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini va sotilishini keskin kamaytirish mumkin.
Bugungi kunda “Texno Dargoh” xususiy korxonasi tomonidan taklif etilayotgan Verum QR ilovasi ushbu muammoni yuqori texnologiyalardan foydalangan holda bartaraf etishda yordam beradi.
Verum QR ilovasi deyarli har bir insonning beminnat xizmatchisiga aylangan mobil telefonga Play Market yoki AppStore tizimi orqali o‘rnatgan holda undan oson foydalanish mumkin.
QR-kod orqali ishlaydigan ushbu dasturiy ta’minot O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lib, ilova orqali ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotining omborxonadan boshlab iste’molchiga yetib borgunga qadar nazorat qilishi mumkin. Iste’molchi esa o‘zi sotib olayotgan mahsulot asl nusxaligiga ishonch hosil qilib, mahsulotning tavsiya etiladigan narxi, uning tarkibi, qo‘llash yoki iste’mol qilish yo‘riqnomasi, ishlab chiqaruvchi korxona xaqidagi ma’lumotlarga yuqori tezlikda o‘ziga qulay bo‘lgan usulda — mobil telefon ekraniga, SMS yoki ovozli xabar orqali olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu zamonaviy ilovadan foydalanish natijasida iste’molchi qalbaki va sifatsiz mahsulotdan saqlanishiga, shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi esa iste’molchilar orasida o‘z mahsulotiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va bozordagi mavqei ko‘tarilishiga erishadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)