Kataloniya muxtor politsiyasi Ispaniya IIVning bevosita boshqaruviga o‘tkazildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
El Pais gazetasiga ko‘ra, Ispaniya markaziy hukumati rahbari Mariano Raxoy Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga sakkiz kun qolganda shunday qarorga kelgan.Bu o‘zgarishdan so‘ng Kataloniya hududidagi barcha huquq-tartibot organlari bevosita Madridga bo‘ysunadi, ya’ni ular referendumni qo‘llab-quvvatlay olmaydi, balki unga to‘sqinlik qilishda qo‘llanilishi mumkin, deb aniqlashtiradi nashr.
Izoh (0)