Farzandingizning o‘qituvchisi bilan bo‘lgan munosabat hamkorona va o‘zaro muvofiq bo‘lishi uchun quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling.

Foto: Depositphotos

Ruhshunoslarning aytishicha, ota-onalar maktabga nafaqat farzandini, balki o‘zlarini ham tayyorlashlari kerak ekan.

Bolaning hayotidagi birinchi va eng asosiy e’tiborli kishilar – uni o‘stirayotgan odamlar hisoblanadi. Rollarning bunday taqsimlanishiga nafaqat bolaning o‘zi, balki ota-onalar ham o‘rganib qoladi. Bola maktabga borgandan keyin bu munosabatlarda uchinchi tomon – o‘qituvchi paydo bo‘ladi.

O‘qituvchini e’tiborli odam sifatida qabul qilmaslik

Ko‘pchilik ota-onalar endi qandaydir bir begona odam bolaning xulqiga tuzatishlar kiritishi, uning harakatlariga baho berishi, tavsiyalar berishi va ma’lum bir talablar qo‘yishi mumkinligini qabul qilishga har doim ham tayyor bo‘lavermaydilar.

Aynan shu ota-onalar va o‘qituvchilar orasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘ladi.

Bunday vaziyatda sizga maslahatimiz bitta: o‘qituvchiga ishonish, uni “ota-ona – bola – o‘qituvchi” munosabatlari doirasiga kiritish va endi sizning farzandingiz vaqtining ko‘p qismini ular uchun e’tiborli bo‘lishi kerak bo‘lgan odam bilan o‘tkazishini qabul qilishingiz kerak.

Bolaning muvaffaqiyatsizliklarida o‘qituvchini ayblash

Bolani maktabga berar ekansiz, esingizda tuting: o‘rgatish jarayonini va tarbiyani to‘liq o‘qituvchining zimmasiga yuklamaysiz.

Natijasi bolaning yaxshi baholari va namunali xulqi bo‘ladigan ishning bir qismi ota-onalar vakolatida qolishda davom etadi.

Bolaning past baholari sabab o‘qituvchiga da’vo qilishdan oldin, ota-onalar o‘zlarining harakatlarini tahlil qilib ko‘rishlari lozim.

Siz uyga berilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha sharoit yaratyapsizmi? Maktabdan tashqari paytlarda tarbiyalash bilan shug‘ullanyapsizmi?

Va shundan keyingina o‘qituvchiga ayblovlar bilan emas, balki maslahat so‘rab murojaat qilsangiz bo‘ladi.

Manba: “Deti.mail.ru”