Interyerga ranglar qo‘shish va buni me’yoridan oshirib yubormaslikning 6 usuli
Uy ichini yangilash va bunda beo‘xshovlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli joylardagi ranglarni biroz ta’kidlab ko‘rsatish kerak.
Bir xil tusdagi minimallik dizayni o‘zining qulayligi va ko‘zga tashlanmaydigan go‘zalligini isbotladi, lekin ba’zan uni rangli dog‘lar bilan aralashtirishni xohlab qolamiz. Sizga bu istakni amalga oshirishning bir necha g‘oyalarini taklif qilmoqchimiz.
Kirish eshigi
Kirish eshigini yorqin rangga bo‘yang, shunda u dahlizning asosiy qismiga aylanadi. Boshqa hech qanday bezakli jihozlar kerak bo‘lmaydi.
Karavotning bosh tomoni
Agar sizning karavotingizning bosh tomoni yo‘q bo‘lsa, uni chizish mumkin. Buning uchun karavotning bosh tomoni o‘rnidagi devorni bo‘yang. Agar uning bosh tomoni bo‘lsa, butun xonaga jonlilik berish uchun uning yuqorisiga kengroq qilib chiziq tortish mumkin.
Turli xil rangli stullar
Bir xil shaklda, lekin har xil rangdagi stullar xonaning uyg‘unligini buzmaydi, aksincha, unga sho‘x kayfiyat baxsh etadi.
Kitob javonlari
Javon raflarini oling va orqadagi devorni yorqin rangga bo‘yang. Bo‘yoq qurigandan keyin raflarni joyiga qo‘ying. Bunday javonda kitoblar juda ajoyib ko‘rinadi.
Oshxona gilamchalari
Yorqin rangli gilamcha oshxona ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Agar u turli xil rangdagi kvadratlardan qilingan bo‘lsa, unda biron narsa to‘kilib ketishidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi — ishdan chiqqan bo‘lagini oson almashtirish mumkin.
Bog‘ mebeli
Yorqin rangli bog‘ mebeli xonada ham ajoyib ko‘rinadi. Buning ustiga agar u buklanadigan bo‘lsa, mebelning bu rangli qismlarini xohlagan paytda qo‘shish va olib qo‘yish ham mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)