London markaziy jinoiy sudi yo‘ldan o‘tayotgan ayolni urib ketib, uning hayotiga zomin bo‘lgan 20 yoshli velosipedchini 18 oylik qamoq jazosiga hukm etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea o‘tgan yil fevralida ro‘y bergan edi. Ammo velosipedchi Charli Alliston 156 yil oldin qabul qilingan ot-aravalar haqidagi qonunga binoan sudlandi, negaki sud amaldagi xavfsiz haydash tartiblarini velosipedchilarga joriy eta olmas edi.
To‘qnashuv oqibatida 44 yoshli Kim Briggs boshidan og‘ir jarohat olib, bir haftadan so‘ng shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Alliston Briggs xonimning o‘zi bu voqeada aybdorligini sudda iddao qildi. Uning fikricha, ayol velosipedchiga yo‘l berishi lozim edi.
Ammo sud bu da’volarni inkor qildi.
Izoh (0)