O‘zbekiston chet ellik investorlarga individual imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishdan bosh tortib, sohalar bo‘yicha imtiyozlarga o‘tadi. Bu haqda 15-sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida Adliya vaziri o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“Qo‘l rejimida” (har bitta investitsion loyiha bo‘yicha mamlakat rahbariyatining alohida qarorlari qabul qilinadigan holat) imtiyozlar taqdim etish haqidagi savolga javob berar ekan, Mahmud Istamov bu muammo Ma’muriy islohot konsepsiyasi amalga oshirilgani sari hal qilib borilishini ta’kidladi.
“Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan konsepsiyada raqobatli muhitni rivojlantirishning yo‘nalishlaridan biri sifatida individual imtiyozlar taqdim etishdan bosh tortish belgilangan. Bu muammo ushbu konsepsiya amalga oshirilgani sari o‘z yechimini topadi — individual imtiyozlar va preferensiyalardan bosh tortiladi, buning o‘rniga imtiyozlar sohalar bo‘yicha beriladi”, — dedi u.
Izoh (0)