Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston poytaxti Ashxobod mezbonlik qilayotgan usti yopiq arenalardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Turkman milliy kurashining yengil vazn toifalarida mezbonlarga bas kelishning iloji bo‘lmadi va ular ketma-ket oltin medallarga ega chiqdi. -75 va -90 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar bellashuvida esa o‘zbekistonlik polvonlar shohsupa cho‘qqisidan joy oldi.

Ilhom Mashrabov yarim finalda turkmanistonlik Daryo Abliyevni yengdi. Finalda ham unga turkmanistonlik sportchi raqiblik qildi va bu safar o‘zbekistonlik polvon Orazmamed Velmamedovdan ustun keldi. Shu tariqa 23 yoshli sportchi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun dastlabki oltin medalni olib berdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Obidali Mavlonov ham chempionlik uchun Turkmanistonning ikki sportchisini yengishiga to‘g‘ri keldi. U avvaliga Arslon Ibragimquliyevni, keyinroq Ovezgeldi Berdiyevni taslim etdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

O‘zbekiston delegatsiyasi hozirga qadar 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini ham o‘ziniki qilib oldi. Bu natija terma jamoani umumjamoa hisobida ikkinchi qilib turibdi. Mezbon Turkmaniston hisobida esa hozirdanoq 16 ta oltin, 14 ta kumush va 7 ta bronza medali mavjud.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda