Atom va vodorod bombalari yadro qurollariga kiradi, biroq ularning ishlash prinsiplari bir-biridan farq qiladi, deb yozadi “Argumenti i fakti”.
Yadro (atom) bombasida portlash chog‘ida energiya plutoniy yoki uran-235 og‘ir yadrolarining bo‘linishi oqibatida energiya ajraladi. Keyinroq ular yengilroq yadrolarga aylanadi. Vodorodli jarayonda esa energiya ajralishi vodorod yadrolari termoyadroviy sintezi hisobiga yuz beradi.
Atom bombasi portlashi nima hisobidan yuz beradi?
Yadro bombasida energiya ajralishi bomba ichidagi moddalar (uran izotoplari yoki plutoniy) zaryadi detonatsiyasidan so‘ng boshlanadi. Detonatsiyadan so‘ng izotoplar parchalanadi va neytronlarni egallay boshlaydi. Zanjirli jarayon kechadi — atom ortidan atom. Barcha atomlar parchalangandan so‘ng yadro reaksiyasi boshlanadi. Zaryad massasi tang ko‘rsatkichga yetganidan so‘ng ulkan miqdordagi energiya ajralishi yuz beradi va bu portlashni keltirib chiqaradi.
Vodorod bombasi portlashi nimaning hisobidan yuz beradi?
Vodorod bombasida energiya ajralishining boshqacha jarayoni sodir bo‘ladi. Dastlab og‘ir yadrolar litiy deyteridini geliy va tritiyga parchalanishi yuz beradi. Keyin geliy va tritiy negizida termoyadroviy sintez ishga tushadi. Bu jangovar zaryad ichining bir lahzalik qizishiga va kuchli portlashga olib keladi.
Qaysi bomba kuchliroq?
Termoyadroviy bomba kuchi atom bombasi kuchidan yuz ming marta oshiq bo‘lishi mumkin. Atom bombasi portlash kuchi kilotonnalarda (1 kilotonna = 1 000 t v trotil ekvivalentida) hisoblanadi. Termoyadroviy bomba kuchini o‘lchash birligi — megatonna yoki trotil ekvivalentida 1 000 000 t v.
Izoh (0)