Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov mamlakat kuchlari Suriyada tasdiqlanmagan nishonlarni o‘qqa tutmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini “Gazeta.ru” keltirmoqda.
Ilgariroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari Rossiya havo-kosmik kuchlari Dayr az-Zavrda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” muxolif guruhiga zarba berganini bildirgan edi. Ammo Rossiya tomoni bu ayblovni rad etmoqda.
“Operatsiya doirasida faqatgina terrorchilarning tirik kuchlari, zirhli texnikasi va obyektlari yo‘q qilinadi”, — ta’kidlab o‘tdi Konashenkov.
Izoh (0)