IShID terrorchi guruhi jangarilari 17-sentabrga o‘tar kechasi Iroqning al-Xavija shahri yaqinida joylashgan AQSh harbiy bazasiga hujum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya rasmiy vakili Rayan Dilon bu borada bayonot berdi.
“IShIDning al-Xavija yaqinidagi koalitsiya harbiy bazasiga muvaffaqiyatsiz hujumi o‘tgan tunda amalga oshirildi. Bitta xudkush kamari vaqtidan oldin portlab ketdi, yana ikki nafari otib tashlandi. Ittifoqchilar tomonida yo‘qotishlar yo‘q”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)