Hindistonning Orissa shtatida istiqomat qiluvchi erkak 11 oylik bolasini notanish odamga sotib yuborib, evaziga olgan puliga alkogolli ichimliklar sotib oldi. Bu haqda The Sun gazetasi yozmoqda.
Farrosh bo‘lib ishlovchi erkak bolasi uchun 270 funt sterling yoki 21 ming rupiya oldi. Bu pul evaziga u, ichkilikdan tashqari, mobil telefon (23 funt) va 7 yoshli qizi uchun bilakuzuk (18 funt) sotib oldi.
Kelishuvga uning akasi hamda ijtimoiy idora ishchisi aloqador ekanligi aniqlandi.
Bolani 60 yoshli juftlik sotib oldi. 2012-yil ular 24 yoshli farzandini yo‘qotgan edi. Somnat Seti ayoli chuqur tushkunlikdan chiqishi uchun bolani sotib olib, turmush o‘rtog‘iga taqdim etdi.
Izoh (0)