Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bo‘lajak milliarderning umr yo‘li nimadan boshlanganligi, Berkshire Hathaway qanday paydo bo‘lganligi, Baffettning hayotida qaysi investitsiya eng muvaffaqiyatli bo‘lganligi va boshqalar haqida InsiderPro nashri hikoya qiladi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Uorren Baffett — g‘aroyib milliarder.

Shu kunlarda 87 yoshga to‘lgan omaxalik prognozchi 75 milliard dollarga teng boylik sohibi, biroq kamtar hayot tarzi kechiradi. Baffett hamon 1957-yilda 31 ming dollarga xarid qilgan uyida istiqomat qiladi, jamoat transportidan foydalanadi — hech qanday villalar, xususiy samolyotlar sohibi emas.

Aynan shu uyg‘unlik ulkan boylik va uni ko‘z-ko‘z qilish istagining yo‘qligi butun dunyo kishilarini o‘ziga maftun etadi. U haqda hatto hujjatli film suratga olingan.

Quyida afsonaviy investor hayotidan eng qiziqarli faktlarni keltiramiz.

Baffett 1930-yilda Omaxada Govard va Leyla Baffettlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi AQSh kongressining Nebraska shtatidan a’zosi va birja brokeri edi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Boshqa bolalar ko‘cha futboli bilan band bo‘lgan bir paytda Baffett eng kuchli o‘yinchilarni kuzatib, birjada aylanardi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

10 yoshda bo‘lajak investorning hayotini o‘zgartirib yuborgan hodisa yuz berdi. Nyu-Yorkka tashrifi davomida uning otasini Nyu-York fond birjasi a’zosi, gollandiyalik At Mol bilan tushlikka taklif qilishdi. Baffett u bilan birga bordi.

“Tushlikdan so‘ng ofitsiant stollar orasidan yurib o‘tib, tashrif buyuruvchilarga turli xil tamaki barglarini taklif qildi, — xotirlaydi Baffett. — Yigit bizga yaqinlashib janob Mol uchun u tanlaganlaridan sigara o‘rab berdi. Ana xolos, deb o‘yladim men. Maxsus sen uchun tayyorlangan va sening didingga mos sigaradan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin”.

Ayni shu daqiqada Baffett hayotini pul topishga bag‘ishlashini tushunib yetdi.

Baffett investitsiyalar bilan juda erta shug‘ullana boshladi: o‘zining birinchi aksiyalarini atigi 11 yoshida xarid qildi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

U Cities Services Preferred’ning uchta aksiyasini har birini 38 dollardan xarid qildi. Yosh Baffett narxlarning 27 dollargacha tezkor pasayishiga qaramasdan, ularni saqlab turdi va ularning qiymati yana 40 dollargacha ko‘tarilgandan so‘ng sotdi.

Baffettning bu kichik g‘alabasi u yana biroz kutganda yanada ahamiyat kasb etishi mumkin edi, chunki Cities Services Preferred aksiyalari pirovardida donasi 200 dollargacha qiymatga yetdi.

Bu tajriba muhim moliyaviy dars bo‘ldi, u tufayli Baffett strategiyani anglab yetdi. U mazkur strategiyaga bugungi kunga qadar investitsion qarorlarida amal qiladi — xarid qil va saqlab tur.

Baffett yoshligidan ishbilarmonligi bilan ajralib turar edi. Maktabning yuqori sinfida u do‘sti bilan pinbol-avtomatlarni o‘rnatish bo‘yicha daromadli biznes ochdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Ishlatilgan o‘yin avtomatini 25 dollarga xarid qilgan maktab o‘quvchisi Uorren Baffett o‘rtog‘i Doni Denliga biznes-sxemasini tushuntirdi:

“Eski avtomatni 25 baksga sotib oldim, endi biz ish bo‘yicha sherik bo‘lishimiz mumkin. Bitimning senga taalluqli qismi — uni ta’mirlash. Keyin biz Frank Eriko, sartaroshga borib, Wilson’s Coin-Operated Machine Company’ning vakillari ekanligimizni aytamiz. Avtomatni kutish zaliga qo‘yish va navbatda kutib turgan mijozlar o‘ynashidan tushgan pulni bo‘lishishni taklif qilamiz”.

Chaqqon biznesmenlar Eriko bilan bitim tuzdi va avtomat shu zahoti xitga aylandi. Ishlab topganlarini sarflash o‘rniga yosh sheriklar uni navbatdagi pinbol-avtomatlarga sarfladi. Bir necha oydan so‘ng Baffett o‘yin biznesining nufuzli vakiliga aylandi: uning avtomatlari shaharning barcha sartaroshxonalarida turar edi. Bir yildan so‘ng u o‘z biznesini ming dollardan ortiqqa sotdi.

Pinbol yagona tashabbus emas edi. Baffettning yoshligidan turli-tuman biznes-loyihalari bo‘yicha g‘oyalari bo‘lgan. Bular: gazeta tarqatish, saqich va gazli ichimlik sotish, mashinalar yuvish kabilar edi.

Ishchanlik iste’dodi tufayli Baffett 16 yoshga to‘lganda 53 ming dollar (hozirgi hisob bo‘yicha) to‘plagan edi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Baffett Nebraska shtati universitetini tamomlaganidan so‘ng Kolumbiya universiteti qoshidagi Oliy biznes maktabiga o‘qishga kirish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi.

Uning Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishiga Uoll-stritda mashhur “Aqlli investor” kitobi turtki bo‘ldi. Baffett uni 19 yoshidayoq o‘qib chiqdi. U Kolumbiya universitetiga ushbu kitob muallifi Benjamin Grem o‘sha yerda dars berishini bilganidan so‘ng o‘qishga kirdi. Baffett Gremning darslarida eng yuqori ballarni olgan yagona o‘quvchi bo‘lishiga qaramasdan, professor uni firmasiga ishga olishdan bosh tortdi.

1951-yilda magistr darajasini olgan Baffett uyiga qaytdi va uch yil davomida otasiga qarashli Buffett-Falk & Co. brokerlik idorasida menejer lavozimida ishladi.

1952-yilda Baffett Syuzi Tompson bilan oila qurdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Ular uch nafar farzandni voyaga yetkazdi: Syuzan, Govard va Piter. To‘ydan so‘ng yosh oilaning yashashi oson kechmadi. Ular oyiga 65 dollarga ijaraga olingan kichik uch xonali kvartirada kamtarona yashadi.

1957-yilda Baffett Omaxadan beshta yotoqxonali uyni 31,5 ming dollarga xarid qildi. U hamon o‘sha yerda yashaydi.

Uorren va Syuzi o‘rtasidagi munosabat murakkab edi. Ular 2004-yil Syuzan vafotiga qadar nikohda qolganligiga qaramasdan, birgalikdagi hayotining yarmidan ko‘pida alohida yashadi.

Missis Baffett 45 yoshida eri bilan ajrashmasa-da, San-Fransiskoga ketib qoldi. Aynan Syuzi Uorrenni Astrid Menks — ofitsiant qiz bilan tanishtirib qo‘ydi. U Baffettnikiga ko‘chib o‘tdi va 2006-yilda uning rafiqasiga aylandi.

Baffett Nyu-Yorkka qaytdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Oxir-oqibat Grem o‘z qarorini o‘zgartirdi va 1954-yilda Baffetga Nyu-Yorkda ish taklif qildi. Er-xotin Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi.

Ikki yil davomida Baffett ustozi qo‘l ostida ishladi. Graham-Newman Corp. kompaniyasi tahlilchisi lavozimida u zamonaviy dollar bilan hisoblaganda yiliga 105 ming dollar ishlab topdi.

1956-yilda Benjamin Grem ishlaridan chetlashdi va Baffett sevimli Omaxasida shaxsiy kompaniyasi — Buffett Partnership Ltd.’ni ochdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

U 32 yoshida millionerga aylandi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

1950-yillarning oxirida Baffett yettita korxona ochdi, 1962-yilda esa ulardan olingan daromad uni millionerga aylantirdi.

1962-yilda Baffett barcha aktivlarini birlashtirdi va uni Berkshire Hathaway tekstil kompaniyasiga investitsiya sifatida kiritdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

U kompaniya aksiyalarini 1960-yillarning boshlaridan xarid qila boshladi va keyinroq butun nazoratni qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda uning qimmatli qog‘ozlari dunyo bo‘yicha eng qimmatbaho hisoblanadi. Bugun A toifasifagi bitta aksiya hayratlanarli 265,7 ming dollar qiymatga ega.

1960-yillarning oxiridan Berkshire Hathaway tekstil ishlab chiqarishni to‘xtatdi va sug‘urta sohasiga o‘tdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

80-yillar Baffettga favqulodda omad va gullab-yashnash keltirdi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Atrofdagi odamlar zamonaviy soch turmaklari qilib, neonli liboslarga burkangan bir paytda Baffett pul ishlab topar edi. 1982-yilda uning boyligi 376 million dollarga yetdi, 1983-yilda esa bu raqam 620 million dollargacha oshdi. 1986-yil, 56 yoshida Baffett milliarderga aylandi.

1988-yilda Baffett Coca-Cola Co.’ning 7 foizga yaqin aksiyalari egasi edi. Bu investitsiya uning karyerasidagi eng muvaffaqiyatli investitsiyalardan biriga aylandi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Baffett tomonidan Coca-Cola’ga kiritilgan milliard dollar investorga keyingi 27 yil davomida dividendlar ko‘rinishida 16 karralik miqdorda qaytdi.

2008-yilda Baffett dunyoning eng badavlat odamiga aylandi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

2010-yilda Baffett va Geyts xayr-ehson bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani tashkil qildi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Baffettning tejamkorligi uning tashrif qog‘oziga aylandi. 87 yoshli milliarder mobil telefondan foydalanmaydi va jamoat transportida harakatlanadi. Biroq bu uning xasisligidan darak bermaydi. U hayoti davomida xayriya ishlariga 28,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.

2011-yilda Baffett AQShning sobiq prezidenti Barak Obama qo‘lidan Prezident Ozodlik medalini oldi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Trampning g‘alabasidan buyon Baffett 12 milliard dollarga aksiyalar xarid qildi.

Foto: InsiderPro

Foto: InsiderPro

Liberal siyosiy qarashlari va prezident Donald Tramp siyosatidan norozi ekanligiga qaramasdan, Baffett yangi hukumatning kelishi bilan biznes kelajagiga optimizm bilan qaraydi.

Mazkur bir necha oy Baffett uchun hodisalarga boy bo‘ldi: u General Electric’dagi ulushini sotdi, Bank of America’ning asosiy aksionerlaridan biriga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi