15-sentabr kuni BAA milliy chempionati start oldi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki a’zosi — Sardor Rashidov hamda Aziz Haydarov harakat qiladi.
Dastlabki turdayoq har ikki futbolchi to‘p suradigan klublar o‘zaro to‘qnash keldi. Rashidovni Qatarning “Al-Jaish” klubidan olib kelgan “Al-Jazira”, Aziz Haydarovni “Ash-Shabab”dan keyin olgan “Ajman”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Sardor Rashidov to‘liq o‘ynadi. U bilan birgalikda Lasanna Diarra, Muborak Bussufa, Romarinyo kabi mashhur legionerlar harakat qildi. Shuningdek, BAA termasining ikki asosiy hujumchisi — Ali Mabhut va Ahmad Halil maydonga tushdi.
Aziz Haydarov esa uchrashuvning 46-daqiqasiga kelib maydonda ko‘rinish berdi.
BAA chempionati 1-tur o‘yini 15-sentabr, juma
“Al-Jazira” — “Ajman” 2:1
Gollar: Ali Mabhut, 16 (1:0). Volid Xolid, 62 (1:1). Romarinyo, 80 (2:1).“Al-Jazira” 6-dekabr kuni start oladigan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqaga Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi sifatida Madridning “Real” klubi ham keladi.
Izoh (0)