O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)