Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Oq Oltin” OFYda yashovchi fuqaro F.Berdimuratov sotib olgan uyali telefon apparati kafolat muddati tugamasdan ishlamay qoldi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot xizmati.
Fuqaro yakka tadbirkordan telefon uchun berilgan pulni qaytarishni yoki uni tuzatib berishni so‘raydi. Sotuvchi xaridorning talabini bajarishdan bosh tortdi.
Shundan so‘ng F.Berdimuratov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki murojaat qildi.
Murojaat Amudaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi hamda 73 000 so‘m F. Berdimuratovga qaytarib berildi.
Izoh (0)