Meksikaning Gerrero shtatidagi San-Markos aholi yashash punktidan “Maks” to‘foni o‘tganidan so‘ng 200 uy vayron bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda shtat gubernatori Ektor Astudilyo Twitter orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ilgari AQSh to‘fonlardan ogohlantirish milliy markazi “Maks” to‘foni zaiflashib borayotgani va Meksikaning janubiy shtatlariga borgunga qadar kuchini yo‘qotishini bildirgan edi.
Esta mañana iniciamos valoración de las afectaciones en Costa Chica por el paso del #HuracánMax. pic.twitter.com/XPUXbhkcfu
— HectorAstudillo (@HectorAstudillo) September 15, 2017
To‘fondagi shamol tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etmoqda. Bu Saffir – Simpson shkalasidagi besh kategoriyaning birinchisiga mos keladi.
Izoh (0)