Britaniya xavfsizlik xizmati London metropolitenida amalga oshirilgan portlashga aloqador kishining shaxsini aniqladi. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kuzatuv kameralarida qayd qilingan yozuvlar jinoyatchini topishga yordam bergan.
Teraktni amalga oshirgan shaxs haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.
Ilgariroq ikkinchi bekatdan ikkinchi bomba topilgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)