Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Knews.kg” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha Bishkek—O‘sh trassasining 480-kilometrida uchta avtomobil — Audi-100C4, Audi-100, Hyundai Proter o‘zaro to‘qnashgan.
“Noxush hodisa oqibatida Audi-100 avtomobilining 5 nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, yana birining joni shifoxonada uzilgan. Jasadlar Qo‘chqor-Ota shahar morgiga yetkazilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)