O‘tgan yili AQSh prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan Hillari Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida hal qiluvchi vaziyatda saylovchilarning emas, balki saylovchilar kollegiyasi ovozi inobatga olinadigan AQSh tizimini bekor qilishni taklif etdi, deb xabar berdi “MK.ru”.
2016-yilda saylovchilarning aksariyati Klintonga ovoz berdi, biroq Tramp g‘alaba qozondi.
“Men bu haqida 2000-yildayoq aytgan edim”, — dedi Klinton xuddi shunaqa vaziyat kichik Jorj Bushning demokrat Albert Gor ustidan qozongan g‘alabasini yodga olib.
“O‘ylashimcha, ushbu tizimni bekor qilish kerak. Uni o‘tmishda qoldirishimizni istagan bo‘lardim”, — dedi Hillari Klinton.
Izoh (0)