Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31 yoshli jinoyatchi Martin Teyt qidirilayotgani haqidagi e’lon ostida Shimoliy Uels politsiyachilarining ustidan kuldi. Uning surati bor post North Wales Police’ning Facebook akkauntiga joylangan edi.

Foto: Facebook/North Wales Police

Foto: Facebook/North Wales Police

Politsiya akkaunti ma’muriyati so‘zlariga qaraganda, Teyt qurollangan hujum uchun qidirilmoqda. “101 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Twitter’da ma’lum qiling”, — deyiladi xabarda.

Bir muddatdan so‘ng post ostida Teytning o‘zi izoh qoldira boshladi. U politsiyachilarni masxara qildi. “Axmoqlar meni tuta olishmayapti. Kim oxirgi kulishi endi ravshan”, — deya xursand bo‘ldi u.

U hatto Facebook’ga yana bir jinoyatchi bilan dam olayotgani suratini joylashtirdi. “Ikki erkak qidiruvda, ha-ha, biz buni bir pulga olmaymiz”, — deya ta’kidladi Teyt surat ostida.

Foto: Facebook/ Martin Tate

Foto: Facebook/ Martin Tate

Politsiya jinoyatchiga obro‘sini saqlagan holda javob qaytardi. “Salom, Martin, sen  qochishing mumkin, lekin yashirina olmaysan. Ko‘rishguncha!”, — ishonch bilan ma’lum qildi politsiyachilar.

Shunga qaramasdan, Mashable nashrining ma’lum qilishicha, Teyt hamon qo‘lga tushmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi
Mahalliy
Turkiyada 22 yoshli o‘zbek fuqarosi vatandoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi