Italiyalik tenor Andrea Bochelli otdan yiqilgani uchun kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda uning o‘zi 14-sentabr, payshanba kuni Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Azizlarim, oxirgi soatlarda men uchun tashvishda bo‘lganingizni bilaman. Sizni tinchlantirish va hammasi joyida ekanligini bildirishni istayman. Bu bor-yo‘g‘i oddiygina otdan yiqilish edi”, — xabar berdi xonanda.
Bochelli sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasa, yaqin orada unga ruxsat berilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)