Turkiya sharqidagi O‘ranshehir shahrida rossiyalik Andrey Ogorodnikov osilgan holda topildi. Bu haqda Rossiyaning Antalyadagi bosh konsulligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Aytilishicha, rossiyalik turistning tanasi 11-sentabr kuni topilgan edi. U mehmonxona yaqinidagi xiyobonga osilgan edi.
Bosh konsullik turistning qarindoshlari bilan bog‘lanib, uning tanasiga yurtiga qaytarish masalasini hal qilmoqda.
Izoh (0)