Sochida “Novaya volna” xalqaro tanlovining yakuniy uchinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi, deb yozadi OK Magazine. Unda ishtirokchilar o‘z kompozitsiyalarini ijro etdi.
Chiqishlar yakunlangach, yakuniy natijalar jadvali tuzildi. Barcha tanlov kunlaridagi ballar jamlangach, birinchi o‘ringa bir yo‘la uch nafar qatnashchi da’vogarlik qildi, bular — o‘zbekistonlik Sardor Milano, Moldovadan DOREDOS guruhi va armanistonlik Erna Mir. Ularning barchasi 362 balldan to‘pladi.
Musobaqa jadvalida keyingi o‘rinlarni Syuzanna Melkonyan va LILU (Vyetnam) band etdi.
G‘oliblar 14-sentabr kuni ertalab an’anaviy matbuot anjumanida rasman e’lon qilinadi, kechqurun esa yakuniy konsert chog‘ida hay’at g‘oliblarga mukofotlarni topshiradi.
Izoh (0)