Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR tahdidi tufayli mamlakatda yadroviy qurol joylashtirilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu haqda siyosatchi CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men Janubiy Koreya o‘z yadroviy qurolini ishlab chiqishi yoki uni joylashtirishi lozim degan fikrdan yiroqman. KXDR tahdidi bunga sabab bo‘lolmaydi”, — dedi u.
Mun Chje Inning so‘zlariga qaraganda, bu Shimoli-Sharqiy Osiyoda qurollanish poygasini keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh (0)