Chortoqda ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi

Chortoq tumani, Peshqo‘rg‘on qishlog‘ida 9-sonli ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

16 ta mahallada istiqomat qiluvchi 50 mingdan ortiq fuqaroga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilayotgan mazkur bo‘linmada barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Navbatchilik qismi, profilaktika inspektorlari, tezkor xodimlar, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi hamda boshqa sohaviy xizmat vakillari murojaatlarni shu yerning o‘zida ko‘rib chiqib, ularga yechim topishda aholiga ko‘maklashadi. 

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing