O‘zbekiston futbol federatsiyasiga yangi prezident saylandi. Endilikda uni Umid Ahmadjonov boshqarib boradi.
Ahmadjonov bunga qadar “Paxtakor” vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan va uning yangi prezidenti Bobur Shodiyevga ko‘mak berayotgandi. “Paxtakor”ga qadar Umid Ahmadjonov Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Umid Ahmadjonov O‘FF prezidentligi uchun yagona nomzod bo‘lgani aytib o‘tildi. Saylov huquqiga ega bo‘lgan 80 delegatdan 76 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Bu 100 foizlik ko‘rsatkich deganidir. Chunki delegatlarning 4 nafari uzrli sabablarga ko‘ra hisobot-saylov konferensiyasiga kela olmadi.
Bunga qadar O‘FF prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Mirabror Usmonov esa vakolatlarini topshirdi. U avvalroq Milliya Olimpiya qo‘mitasi prezidentligini “O‘zbekneftegaz” rahbari Alisher Sultonovga topshirgandi.
Mirabor Usmonovning O‘zbekiston sportidagi rasmiy vakolatlari shu tariqa rasman yakuniga yetdi.
Izoh (0)