• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Artistlarni emas, sport musobaqasini ko‘rgani kelganmiz” Asian Fight chiptasini sotib olganlar o‘zini aldangan deb hisoblamoqda

    9-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Asian Fight musobaqasiga chipta xarid qilgan o‘zbekistonliklar o‘zini aldangan deb hisoblamoqda. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar berdi.

    Foto: Grunge

    Foto: Grunge
    Boisi, turnirga avvaldan va’da qilingan mashhurlar kela olmagani yetmaganidek, Toshkentga kela turib, Stiven Sigal ham “Bunyodkor”ga tashrif buyurmagan. Tashkilotchilar esa Sigal stadionga kelishi borasida hech qanday va’da bermaganmiz, deb iddao qilgan.

    Aziza Mambekova maqolasida qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda e’tiroz faqatgina mehmonlar yuzasidan emas, balki, tashkilotchilik borasida ham Asian Fight turnirida qator muammolarni ko‘rish mumkin edi.

    Jang san’atlari bo‘yicha o‘tgan xalqaro turnir O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Sharqona yakkakurash va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston penchak-silat federatsiyasi hamda Uzmobile kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Unda mahalliy sportchilar bilan bir qatorda, Singapur, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Rossiya va Kiprdan sport ustalari qatnashdi.

    “Tadbirning tashkiliy saviyasi tomoshabinlarda ko‘p e’tirozlar uyg‘otdi”, deb yoziladi maqolada. Musobaqaga tayyorgarlik bosqichidayoq shubhalar tug‘ila boshladi. Tashkilotchilar turnirga Gollivud aktyori Jan Klod Van Damm, MMAda to‘rt karra chempion Fyodor Yemelyanenko, taniqli jangchi Jeff Monson, dunyoga mashhur didjey Armin Van Byuren kelishini e’lon qilgandilar.

    Keyinroq Yemelyanenko ham, Van Byuren ham Toshkentga kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Tadbirga ikki kun qolganida tashkilotchilar okean ortidan keladigan eng asosiy mehmon — Jan Klod Van Damm ham musobaqaga tashrif buyura olmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tashkiliy qo‘mita so‘zlariga ko‘ra, Monson bilan shartnoma ham bekor qilinibdi. Van Damm o‘rniga jangari filmlari bilan shuhrat qozongan boshqa yulduz — Stiven Sigal taklif qilindi. U Uzmobile aksiyasi g‘olibini taqdirlashi va unga “oltin raqam” topshirishi kerak edi.

    Aktyor Toshkentga keldi, Toshkent davlat san’at institutiga, Babos ot klubiga, “O‘zbegim” an’anaviy madaniyat festivaliga tashrif buyurdi, lekin musobaqada ko‘rinmadi — yulduzni ko‘rish istagida bo‘lgan tomoshabinlar umidi puchga chiqdi.

    Stiven Sigal bilan turkum savol-javoblar o‘tkazilishi kerak bo‘lgan matbuot anjumani bir soatga kechiktirilib, yulduzning o‘zisiz boshlandi. Penchak-silat federatsiyasi vakillari oxirgi daqiqalargacha Sigal musobaqaga kelishini ta’kidlardi. Ko‘ngillilarning ba’zilari u allaqachon stadionda ekanligini, uning tansoqchilarini ko‘rganliklarini aytishdi. Biroq, keyinroq, “Kommersant.uz” federatsiya matbuot kotibi Jamshid Hojiakbarovga murojaat qilib, nima sababdan mashhur aktyor Asian Fight’ga kelmaganligini so‘raganda, “Biz Sigal stadionga keladi, deb va’da bermagandik”, degan javobni oldi.

    Janglarning tashkil etilishi ham ko‘p savollar tug‘dirdi. Ba’zi kurashchilar qanday tartibda va kimga qarshi ringga chiqishi haqida ogohlantirilmagandi. Bundan tashqari, shouga O‘zbekiston vakillaridan biri — muay-tay bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni Anvar Boynazarov ham kelmadi.

    Musobaqa vaqtida aksariyat jurnalist va fotograflar OAV uchun maxsus ajratilgan joyga kiritilmagan. Muallif voqealar kechishini eng chekka qatorda, zerikib o‘tirgan huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan birga kuzatishga majbur bo‘lgan. Tashkilotchilar vaqtni cho‘zish maqsadida sahnaga mashhur qo‘shiqchini chiqarmoqchi bo‘lganida, “Artistlarni emas, sport musobaqasini ko‘rgani kelganmiz”, — degan hayqiriqlar eshitilgan. Tadbir yakunida, ancha huvillab qolgan stadionda rossiyalik ijrochi Loc Dog bir nechta qo‘shiq kuylagan.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga ko‘ra, musobaqaga chipta xarid qilgan ko‘plab tomoshabinlar o‘zlarini aldangan sanamoqdalar. Tashkilotchilardan bu vaziyat bo‘yicha izoh olishning hozircha iloji bo‘lmadi. Tashkiliy qo‘mita vakillari aloqaga chiqmayapti, — deb maqolaga yakun yasalgan.

    11.09.2017, 14:24   Izoh (0)   31502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “OFK boshlagan tekshiruv Eron — Suriya o‘yiniga taalluqli emas”. Muammo — Qatar bilan kelisha olmay qolgan arab davlatlarida

    07.09.2017, 11:18

    Hayitdan keyingi xina: Babayan iste’foga chiqarildi

    07.09.2017, 10:52

    OFK tekshiruv boshladi. O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi uchun kurashga qaytadimi?

    06.09.2017, 21:58

    “Pozor! Pozor!”. Babayanning matbuot anjumanidan qochishi (video)

    06.09.2017, 20:36

    Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi. Ularning o‘rniga Stiven Sigal tashrifi kutilmoqda

    06.09.2017, 18:11

    “Babayan — ***, Babayan — ***”. Muxlislar O‘zbekiston milliy termasi bosh murabbiyidan norozi

    06.09.2017, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.