Dayr az-Zavr sharqida Suriya qurolli kuchlarining “Yo‘lbarslar” maxsus bo‘linmasiga qarashli aviabaza atrofini IShID terrorchilaridan tozalash operatsiyasi boshlab yuborildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, old otryadlar IShIDga qarashli punktlar, texnika va jangarilarni yo‘q qilmoqda. Hujum bir necha yo‘nalishdan amalga oshirilmoqda.
Suriya armiyasi beshinchi korpusi bo‘linmalari as-Suxna shahri tomonidan hujum qilayotgan ittifoqchi kuchlar bilan birga Dayr az-Zavrning janubiy sarhadlariga yaqinlashdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)